28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent hayvonot bog`ida ona 3 yoshli qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgani haqida xabar bergan edik.
Keyinchalik ushbu holat yuzasidan onaga nisbatan jinoyat ishi ochilgandi.
Bir necha kundan keyin SSV qizchaning holati bo`yicha ma`lumot bergan hamda Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi ham ona borasida o`z ma`lumotlarini taqlim qilgandi.
Toshkent hayvonot bog`i matbuot xizmati qizaloq borasida quyidagi ma`lumotlarni taqdim qildi:
Kasalxonaga olib kelinishi bilan qizaloq Bolalar jarohatlari xirurgiyasi va neyroxirurgiyasi bo`limiga joylangan edi va u erda tinimsiz shifokorlar nazorati ostida bo`ldi. U erda bir kunini o`tkazgan 3 yoshli jajjitoy intensiv terapiya xonasiga o`tkazilgan.
«Ayni damda qizaloq intensiv terapiya xonasida va uning holati turg`un deb baholanmoqda. Dinamikada nazorat ko`rigi o`tkazildi. Qizaloq kelajakda ushbu hodisa asoratlaridan aziyat chekmasligi uchun biz bor imkoniyatlarni ishga solyapmiz», – dedi biz bilan suhbatda davolovchi shifokor va tibbiyot fanlari nomzodi Sobir Tohirovich Nasimov.
Qizaloqning kayfiyati yaxshi, u hamshiralarga she`rlar aytib, ularning ko`nglini ko`tarmoqda, biz esa, o`z navbatida, uni sovg`alar bilan quvontirdik. Qo`shimcha ravishda, qizaloq va uning akasiga Toshkent hayvonot bog`iga bir umr bepul kirish imkoniyatini ta`minlashga qaror qildik", - deyiladi xabarda.






