Qashqadaryoda umumiy o`rta ta`lim maktabi qurilishi boshlanibtiki, mana 22 yildan buyon bitkazilmagan. Bunday sharoitdan "zada" bo`lgan viloyatdagi Dexqonobod tumani aholisi tahririyatimizga murojaat yo`lladi.
Unda aytilishicha, aslida maktab binosi 2000 yilda qurila boshlangan, biroq...
"Biz Qashqadare viloyati Dexqonobod timani ingichka maxalasi katta qishlgidagi bir guruxi ota onalar sizlarga murojaat qilmoqdamiz. Bizning 15 sonli maktabimiz 2000 yilda qurila boshlanib, shu vaqtgacha yarim chala binosi bo`lgani etmaganday, sport zali ham qurilmasdan kelmoqda. 160 o`rinli maktabda 260 nafar o`quvchi 2smenada o`qib kelmoqda. Amaliy ko`mak kutib qolamiz. Xasanov Murodulla Bozorovich. +95)680-63-47 90)289-90-86"-deya murojaatga qo`shimcha ravishda raqamlar qoldirilgan.
Darakchi' tahririyati bu masalada mas`ullardan ijobiy echim kutib qoladi.






