AsosiyJamiyat

Toshkentda beton ustunga borib urilgan “Nexia-3” haydovchisi shifoxonada vafot etdi

'Toshkentda beton ustunga borib urilgan “Nexia-3” haydovchisi shifoxonada vafot etdi'ning rasmi

Kecha, 31 yanvar kuni tunda Olmazor tumanida soat noxush hodisa yuz berdi. Bu haqda poytaxt IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 02.20larda 1998 y.t, U.F. “Nexia-3” rusumli avtoulovini boshqarib ketayotib, yo`l chetidagi beton ustunga urilgan.

Natijada haydovchi olgan tan jaroxatlari bilan shifoxonaga olib borilganida vafot etgan.

"Mazkur holat bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi",-deyiladi xabarda.

Marhumning yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.

    Boshqa yangiliklar