AsosiyJamiyat

Farg`onada fuqaroga order asosida uy olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Farg`onada fuqaroga order asosida uy olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona viloyati boshqarmasi tomonidan IIB bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.D. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, unga 3 700 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida Farg`ona shahar hokimligi balansidagi xonadonlardan birini order rasmiylashtirib olib berishni va`da qilib, shundan 2 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar