Sambridge.org saytida O`zbekiston Respublikasi Prezident ta`lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova bilan suhbat e`lon qilindi.
Prezident ta`lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro ta`lim forumi doirasida Cambridge Assessment International Education (Buyuk Britaniya) tashkiloti ham ishtirok etib, Agentlik direktori Hilola Umarova bilan o`qituvchilarning malakasini oshirishning mamlakat kelajagi uchun tutgan o`rni va rejalar haqida suhbatlashishdi.
Suhbatda Agentlik rahbari Hilola Umarova o`qituvchilarning malakasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma`lumot berib, jumladan shunday dedi:
“ Bugungi kun o`qituvchilardan o`quvchilarni har qachongidan ham tez iqtisodiy va ijtimoiy o`zgarishlarga tayyorlashlarini, hatto hali ixtiro qilinmagan texnologiyalardan foydalanishga o`rgatishni talab etmoqda. Pedagoglar malakasini oshirish xalqaro mehnat bozorida raqobatlasha oladigan “global fuqarolar” ni tayyorlash bo`yicha maqsadlarimizga erishishimizdagi eng muhim nuqtalardan biridir.
Agentlik tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birga yaratilayotgan yangi o`quv dasturi va ta`lim yondashuvi o`qituvchilarga ularning kasbiy rivojlanishida va yangi o`qitish ko`nikmalarini egallashda yordam beradi. Bunda o`qituvchilar amaliyotdan ajralmagan holda uzluksiz malaka oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Hamkorlik bo`yicha boshqa ko`plab takliflar qatorida Kembrij dasturlari tanlandi. Hamkorlar Agentlikka qo`shimcha resurslardan foydalanish imkonini beradi”, - deydi Agentlik rahbari






