AsosiyJamiyat

Umra safariga o`zbekistonliklarning navbatdagi guruhi jo`nab ketdi

'Umra safariga o`zbekistonliklarning navbatdagi guruhi jo`nab ketdi'ning rasmi

Bugun, 1 fevral soat 9:00 da “Umra – 2022” mavsumining navbatdagi ziyoratchilari – Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi hamyurtlarimiz Toshkent xalqaro aeroportidan HY 3303-sonli reys bilan Toshkent-Jidda yo`nalishi bo`yicha uchib ketishdi. Bu haqda O`zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot  xizmati xabar bermoqda.   

Muborak safarga yo`l olgan yurtdoshlarimizni mutasaddi vakillar, ziyoratchilarning yaqinlari, OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kuzatib qo`yishdi.  

Ma`lumot uchun, ziyoratchilarimiz Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga etib borgandan so`ng zamonaviy avtobuslarda Madina shahriga borib, barcha sharoitlarga ega bo`lgan mehmonxonaga joylashdilar. Keyin esa Madinai munavvaradagi ziyoratlarni boshlashadi, inshoalloh.  

Mazkur reys 11 fevral kuni soat 21:00 da (HY 3310) Toshkentga qaytib keladi.  

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni O`zbekistonlik ziyoratchilar ikki yillik tanaffusdan so`ng ilk bor Umra safariga jo`nab ketdi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar