AsosiyJamiyat

Rossiyada qurilish ob`ektidan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan qo`qonlik erkak O`zbekistonga qaytarildi

'Rossiyada qurilish ob`ektidan yiqilib, og`ir tan jarohati olgan qo`qonlik erkak O`zbekistonga qaytarildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida tug`ilib o`sgan 36 yoshli fuqaro M.Sh. 2021 yilning iyul oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federasiyasiga boradi. Shu yili 16 oktyabr kuni qurilish ob`ektida ishlayotgan vaqtida baxtsiz hodisa oqibatida balandlikdan yiqilib, og`ir tan jarohati oladi.

Fuqaro M.Sh.ning yaqin tanashi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakolatxonasiga shifokor nazoratida O`zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so`rab murojaat qiladi.

Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo`llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg`armasi tomonidan M.Sh.ga yordam ko`rsatilgan. U shifokor nazoratida O`zbekistonga olib kelindi.

    Boshqa yangiliklar