AsosiyJamiyat

Toshkentda IIO xodimlari elektroshok bilan qurollantiriladi

'Toshkentda IIO xodimlari elektroshok bilan qurollantiriladi'ning rasmi

 Joriy yildan boshlab Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari zarurat tug`ilganda o`qotar tabel quroliga muqobil tarzda elektroshok qurilmalaridan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Me`yoriy hujjatlarga muvofiq, Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida ushbu uskunalar bilan ta`minlandi.

Elektroshok qurilmalar huquq-tartibot himoyachilarining faol himoya vositasi bo`lib, turli huquqbuzarliklar sodir etgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining qonuniy talablariga bo`ysunmagan yoki unga faol qarshilik ko`rsatgan shaxslarga nisbatan qo`llanilishi mumkin.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari O`zbekiston Respublikasining “Qurol to`g`risida”gi va “Ichki ishlar organlari to`g`risida”gi Qonunlariga muvofiq maxsus vositalar, shu jumladan elektroshok qurilmalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast etkazuvchi ta`siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim bo`lgan normalarni tasdiqlash to`g`risida”gi qarori va ichki ishlar vazirining tegishli buyrug`i asosida aksariyat xodimlar bilan o`quv mashg`ulotlari o`tkazilgan va sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar