Sal avval Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan «Kinoteatr» telekanalida efirga uzatilgan «Baunti» filmidagi ochiq sahnalar yuzasidan ekspertlar jalb qilingan holda o`rganish olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Ayni paytda Agentlik telekanal mas`ullariga chora ko`rilgani haqida xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, «Kinoteatr» telekanali Efirga tayyorlash guruhi mas`uli A. A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Telekanal mutasaddi rahbari N.B.ga esa «hayfsan» jazosi qo`llanildi.
"Telekanal Badiiy kengashi tomonidan teledasturlar saviyasi ekspertlar ishtirokida atroflicha va tanqidiy ruhda muhokama qilindi. Kelgusida bu kabi holatlarga yo`l qo`ymaslik yuzasidan tashkiliy, ijodiy-texnik chora-tadbirlar belgilandi", deyilgan rasmiy xabarda






