AsosiyJamiyat

Farg`onada xonadon yonib ketdi

'Farg`onada xonadon yonib ketdi'ning rasmi

Kecha, 1 fevral kuni soat 18:24larda Qo`qon shahar, "Otabek noib" ko`chasidagi raqamsiz xonadonda yong`in chiqqan. Bu haqda Farg`ona viloyati Favquloddda vaziyatlar bo`limi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Unga ko`ra, hodisada uyning  60 m² maydonda ichki va tom qismi yongan.

Voqea joyiga yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:27da etib borib, 18:32da yong`in to`liq o`rab olinib, 18:42da batamom o`chirilgan.

Yong`indan uyning 100 m² maydoni saqlab qolingan.

"Hozirda yong`inning taxminiy sababi va etgan zarar aniqlanmoqda",-deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmagan.

Qo`shni xonadonlarga ziyon etmagani aytiladi.

    Boshqa yangiliklar