"Uzbekistan Airways" AJ 2022 yil 1 fevraldan boshlab Uzbekistan Airways express`ning "to`liq ekonom" formatidagi barcha qatnovlarida bagaj normasi 23 kg/158 sm gacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat`iy nazar) oshirdi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Eslatib o`tamiz, avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kg/158 sm edi. Ushbu qatnovlarda qo`l yuki normasi o`zgarmaydi – 5 kg/115 sm gacha qoladi.






