AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalarida nima qanchadan sotilmoqda?

'Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalarida nima qanchadan sotilmoqda?'ning rasmi

AOKAda o`tkazilgan brifingda Qishloq xo`jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Nigora Xo`jaeva Respublikada oziq-ovqat mahsuloti ta`minoti va xavfsizligini ta`minlash yo`nalashidagi ishlar borasida ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrining 12 ta asosiy dehqon bozorlarida qishloq xo`jaligi mahsulotlari yarmarkalarini tashkil etilib, viloyatlar tomonidan bozorlarga keltirilgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari savdosi uchun barcha shart-sharoitlar (bepul rastalar, tarozi, saqlash omborxonalari) yaratib berildi.

Ushbu bozor yarmarkalari 2022 yil 1 mayga qadar davom ettirilib, 75,5 ming tn mahsulot bozorlarga etkazib berilishi kutilmoqda. Jumladan:

- kartoshka - 20 ming tn

- piyoz - 8 ming tn

- sabzi - 7 ming tn

- sabzavotlar - 12 ming tn

- mol go`shti - 5 ming tn

- qo`y go`shti - 2 ming tn

- tovuq go`shti - 1,3 ming tn

- baliq - 1 ming tn

- tuxum - 1,2 mlrd dona

- guruch - 6 ming tn

- mevalar - 8 ming tn

- poliz - 5 ming tn

- asal - 300 tn

- konservalar - 250 tn  

 Bugungi kunda yarmarkalardagi o`rtacha narxlar quyidagicha:

- kartoshka 3500-3700;

- sabzi 3000 so`m;

- piyoz 2000 so`m;

- meva-uzum 7500-12000 so`m;

- mol go`shti 55 000 so`m;

- qo`y go`shti 58000 so`m;

- tovuq go`shti 21 ming so`m;

- tuxum 700-1000 so`m;

- baliq 39 000 so`m (karp 39000, oq do`ngpeshona 18750, oq amur 35000, afrika laqqasi 20000, forel 65000, osyotr 60000 so`m);

- guruch 7000-11000 so`m.

 

    Boshqa yangiliklar