Kecha, 1 fevraldan boshlab “Uzbekistan Airways” AJ yo`lovchilarning bagaj normasini 23 kilogramm/158 santimetrgacha oshirdi. Bu haqda aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” AJ “Uzbekistan Airways Express”ning “to`liq ekonom” formatdagi barcha qatnovlarida bagaj normasini 23 kilogramm/158 santimetrgacha (aviachipta xarid qilingan sanadan qat`iy nazar) oshirgan. Biroq ushbu qatnovlarda qo`l yuki normasi o`zgarmaydi – 5 kilogramm/115 santimetrligicha qoladi.
Avval 1 ta joy uchun bagaj normasi 15 kilogramm/158 santimetr edi.






