AsosiyJinoyat

Toshkentda salkam 400 mln. so`mlik bojxona to`lovlarini "tejash"ga qaratilgan "qo`lqop" operasiyasi fosh bo`ldi

'Toshkentda salkam 400 mln. so`mlik bojxona to`lovlarini "tejash"ga qaratilgan "qo`lqop" operasiyasi fosh bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo`limi xodimlari “Toshkent-tovar” TIF bojxona posti bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida navbatdagi nayrang fosh bo`ldi.

Tezkor tadbir davomida, xorijdan keltirilgan yuk konteynerida hujjatlarda ko`rsatilganidek “rezina qo`lqoplar” emas, balki yo`l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, qiymati 1,5 mlrd. so`mlik 340 760 dona “qurilishda ishlatiladigan trikotaj qo`lqoplar” tovarlari borligi aniqlandi.

Ushbu tovarlarga nisbatan 394,5 million so`m bojxona to`lovlari hisoblandi.

Hozirda mazkur tovarlar belgilangan tartibda saqlovga olinib, mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar