AsosiyJamiyat

Rossiyadan Samarqandga uchgan samolyot Qozog`istonga favqulodda qo`ndi

'Rossiyadan Samarqandga uchgan samolyot Qozog`istonga favqulodda qo`ndi'ning rasmi

"Uzbekistan Airports" xabar berishicha, Sankt-Peterburg—Samarqand yo`nalishida reysini amalga oshirayotgan "Aeroflot" kompaniyasi samolyoti Qozog`istonda favqulodda qo`nishni amalga oshirgan. 

Samolyot bortida 56 nafar yo`lovchi bo`lgan. Favqulodda qo`nishga o`zbekistonlik yo`lovchining tez tibbiy yordamga muhtoj bo`lgani  sabab bo`lgan. Shu sababli ekipaj samolyotni mahalliy vaqt bilan soat 10:56 da Qizilo`rda aeroportiga qo`ndirishga qaror qilgan.  

Samolyot aeroportga qo`ngach, yo`lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va tibbiy muassasaga yotqizilgan. "Aeroflot" samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da Samarqand aeroportiga etib kelgan.

    Boshqa yangiliklar