AsosiyJamiyat

Samarqandda "Damas" yonib ketdi

'Samarqandda "Damas" yonib ketdi'ning rasmi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida "Damas" avtomobilida nosozlik tufayli yonib ketdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Ma`lum bo`lishicha, 3-fevral kuni soat 11:10 lar atrofida Payariq tumani hududidan o`tuvchi 4R-49 avtomobil yo`lining 9-km.da "Damas" rusumli transport vositasining quvvat beruvchi moslamasida yuzaga kelgan qisqa tutashuv natijasida yong`in sodir bo`lgan.

Yong`in FVB xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo`q.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar