Joriy yilning 28-yanvar kuni taxminan soat 12.00 da noma`lum shaxs masjidda bo`lganidan 18 yoshli Bahromjon T.ga tegishli bo`lgan kurtkaning cho`ntagidan 1.200 AQSh dollari va 2.000.000 so`m pullarni o`g`irlab ketgan. Bu bo`yicha fuqaro Chilonzor tumani IIO FMBga murojaat qilgan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi. Keyingi kunning o`zidayoq ko`rilgan choralar natijasida gumonlanuvchi – 23 yoshli Iqboljon K. qo`lga olindi.
"Tergov davom etmoqda", - deyiladi xabarda.






