AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi

'Bugun O`zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda "O`zgidromet" xabar berdi. Unga ko`ra, O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. 

Qayd etilishicha, respublika shimolida va Toshkent, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarda mahalliy shamolning tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 9-14° iliq bo`ladi.

Shuningdek, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 11-13° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda ham yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo`ladi. 

    Boshqa yangiliklar