Bir muddat avval Shavkat Mirziyoev qishki Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga jo`nab ketgani haqida xabar bergan edik.
Ayni damda davlat rahbarining matbuot kotibi Mirziyoev manziliga etib olgani haqida ma`lum qilmoqda.
Qayd etilishicha, Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida O`zbekiston rahbarini mamlakat rasmiy shaxslari kutib olgan.
"Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da, Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi",-deyiladi xabarda.






