AsosiyJamiyat

"Zuzu yovvoyi tabiat qo`yniga qo`yib yuborishga tayyor emas".

'"Zuzu yovvoyi tabiat qo`yniga qo`yib yuborishga tayyor emas".'ning rasmi

Avvalroq, jnasi tashlab yuborgan qizchaga tegmagan Toshkent hayvonot bog`idagi ayiqni ochiq tabiatga qo`yib yuborish taklif qilingan edi. Hayvonot bog`i ma`muriyati ushbu taklifga munosabat bildirdi.

"Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikdan yovvoyi tabiat qo`yniga qo`yib yuborish — juda murakkab va mas`uliyatli vazifa.

O`zi uchun hech qachon ozuqa topmagan va ov qilishni bilmaydigan, umr bo`yi odamning qo`lidan ovqat egan va undan qo`rqmaydigan ayiq och qolganda darrov duch kelgan aholi punktiga boradi va qo`rqib ketgan odamlar tomonidan o`ldiriladi.

Tutqunlikda tug`ilib o`sgan va ota-onasi tarbiyasini olmagan jonivorlar o`z qardoshlari bilan til topisha olmaydi, ovqat topa olmaydi, boshqa jonivorlar bilan raqobatlasha olmaydi va kuchliroq raqibdan himoyalana olmaydi. Turli yuqumli kasalliklar va jarohat etishi ehtimolini ham nazardan qochirmaslik kerak.  

Asosiysi esa — ular jonivor uchun eng katta xavf tug`diradigan ovchi, brakonerlarni farqlamaydi va ular bilan uchrashuvdan qochib qutulib qola olmaydilar.

– Zuzu yovvoyi tabiat qo`yniga qo`yib yuborishga tayyor emas, – deydi Toshkent hayvonot bog`i ilmiy xodimi Feruza Mirsolixova.  

Birinchidan, Zuzu Kavkaz qo`ng`ir ayiqlarining kenja turi bo`lib, tegishli ravishda Kavkazda yashaydi — O`zbekiston hududida esa oq panjali ayiq yashaydi. Ikkinchidan, Zuzu Boku hayvonot bog`ida kelib tushgan, u erdan esa juda kichikligida bizga olib kelingan, odamlar tomonidan boqib, tarbiyalangan.

– Menimcha, – dedi bizga telefon orqali Boku hayvonot bog`i direktori Azer Huseynov, – kiperlaridan ko`rgan g`amxo`rlik va mehr unga yirtqichlarga xos fazilatlarni namoyon qilishga imkon bermadi. U odamdan yomonlik ko`rmagan, shuning uchun bo`lsa kerak, bolaga yomonlik qilmagan. Xudoga shukurki, bu dahshatli voqea ibtidosi xayrli bo`ldi",–deyilgan rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar