Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizda faoliyat yurituvchi mas`uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan uskunalar ishlab chiqarish uchun silindirsimon silliqlash mashinasi bojxona posti xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Bojxona ko`rigi hamda o`tkazilgan tekshiruvlar yuk hujjatlarida “2019” yilda ishlab chiqarilgan deya ko`rsatilgan uskuna aslida undai yorliqda “1981” yilda ishlab chiqarilganligi, shuningdek, uning ustki qismidagi muqaddam foydalanishda bo`lganligini bildiruvchi zang, korroziya, qayta bo`yalganligik belgilari mavjudligi aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra qiymati 1 mlrd. 257 mln.so`mlik uskunaga 150 mln. so`m miqdorida qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblandi.
Bojxona postida fosh etilgan navbatdagi holatda 14 dona transformator”lar belgilangan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada qiymati 213,6 mln. so`mni tashkil etuvchi transformatorlarning yorliqlarida 2020 yilda ishlab chiqarilgan deya ko`rsatilgan bo`lsada, aslida eski ekanligi ya`ni Sobiq Ittifoq davrida ishlab chiqarilganligi fosh bo`ldi.
Shunga o`xshash navbatdagi holatda esa xorijdan keltirilgan 5 dona transformatorlar bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Qarangki, hujjatlarda “2020” yilda ishlab chiqarilgan deya ko`rsatilgan ushbu transformatorlar ham eski bo`lib chiqdi.
Undagi kranlarning ulanmaganligi, qopqoqlarida plombalarning mavjud emasligi, rezina qistirmalarida yoriqlar mavjudligi, shuningdek ularning pasport yorliqlarida texnik ko`rsatkichlari mavjud emasligi ham buni ko`rsatib turibdi.
Amaldagi tartiblarga ko`ra, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ilgari foydalanilgan generator uskunalari, kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar, elektr dvigatellar, shuningdek, energiya samaradorligi D toifadagi energiya sarflovchi uskunalarni O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish taqiqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






