AsosiyJamiyat

Hududlarda yangi ish o`rinlarini yaratish ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda

'Hududlarda yangi ish o`rinlarini yaratish ustidan parlament nazorati kuchaytirilmoqda'ning rasmi

Senatning yigirma uchinchi yalpi majlisida hududlarda yangi ish o`rinlarini yaratish ishlari samaradorligini ta`minlash yuzasidan parlament nazoratini kuchaytirish masalasi muhokama qilindi.

Joriy yilning fevralidan boshlab hududlarda yangi ish o`rinlarini yaratish bo`yicha Hukumat, vazirlik, idoralar va hokimliklar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini tanqidiy o`rganish, ularning faoliyatiga har oy baho berish amaliyoti joriy etilishi ta`kidlandi.

Shu maqsadda hududlarda yangi ish o`rinlari yaratish, aholi bandligini ta`minlash borasida olib borilayotgan ishlar ustidan parlament nazoratini olib borish, bu borada Senat hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faol ishtirok etishi lozimligi qayd etildi.

Majlis davomida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan har oyda Senatga vazifalar ijrosi bo`yicha tahliliy ma`lumotlar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo`yicha asoslantirilgan takliflar kiritib borilishi belgilandi.

Senat tomonidan tegishli qaror qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar