AsosiyJinoyat

Namanganda erkak haqorat qilgan sinfdoshini pichoqladi

'Namanganda erkak haqorat qilgan sinfdoshini pichoqladi'ning rasmi

2022 yil 30 yanvar kuni tungi soat 22:00 larda 35 yoshli J.I. mast holatda sinfdoshi 35 yoshli N.D.,ning Namangan viloyati Uychi tuman Xamzabod ko`chasidagi uyidan janjallashish uchun chaqiradi. Janjal vaqtida J.I. o`zi bilan olib borgan oshxona pichog`i bilan N.D.,ning chap yonbosh qorin sohasiga bir marotaba urib tan jarohati etkazib hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi. 

Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy ma`lumotnomasiga ko`ra N.D.,ni “chap yonbosh sohasidan qorin bo`shlig`iga kirib boruvchi kesilgan sanchilgan jarohati” borligi, ushbu jarohat hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir turdagi jarohat ekanligi ko`rsatib o`tilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uychi tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan J.I.,ga nisbatan Jinoyat kodeksning 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, J.I. prosessual tartibida ushlangan.

Tergov davomida, jinoyatning kelib chiqish sababi aniqlanganda, ushbu kuni gumonlanuvchi, jabrlanuvchi hamda ularning yana 7 nafar sinfdoshlari Oqtosh” MFY hududida joylashgan kafelarning birida spirtli ichimliklar iste`mol qilib o`tirishganligi, shu vaqtda N.D. sinfdoshi J.I.,ni shaxsiyatiga tegib, haqorat qilganligi, “o`tirish” tugaganidan so`ng J.I. sinfdoshi N.D.,ning uyiga borib yuqoridagi holatni vujudga keltirganligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar