AsosiyJamiyat

Qarshida 4-qavatdan tushib ketib vafot etgan yigit bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi

'Qarshida 4-qavatdan tushib ketib vafot etgan yigit bo`yicha rasmiy ma`lumot berildi'ning rasmi

Avvalroq Qarshi shahar Shodlik mahallasida joylashgan ko`p qavatli turar joylarning birida 23 yoshli O. Safarov 4-qavatidan pastga yiqilib, voqea joyida vafot etgani borasida xabar bergan edik.

Ayni paytda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

"Qarshi shahrida yashab kelgan 1999 yilda tug`ilgan fuqaro O.S. 29.01.2022 yilda vaqtincha yashab kelgan Qarshi shahar, 6-mitti tuman, 9-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birining oynasidan o`zini tashlab vafot etgan. Marhumning o`limi sabablar ni aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar