AsosiyJamiyat

FVV "Qamchiq"da kuzatilishi kutilayotgan kuchli qordan ogohlantirdi

'FVV "Qamchiq"da kuzatilishi kutilayotgan kuchli qordan ogohlantirdi'ning rasmi

O`zgidromet" xabariga ko`ra, 2022 yil  6 - 7 fevral kunlari A-373 “Toshkent - O`sh” avtoyo`lining “Qamchiq” dovoni hududida qor yog`ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog`ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko`rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17 - 22 m/s va qisqa vaqtlarda 25-27 m/s gacha kuchayishi, avtoyo`lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

️Dovon yo`lidan harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkor bo`lib, qoidalarga rioya qilishlarini so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar