AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda avtomobil yo`lini to`sgan shaxslar jazoga tortildi

'Qoraqalpog`istonda avtomobil yo`lini to`sgan shaxslar jazoga tortildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus shahridagi markaziy dehqon bozori yonidagi savdo majmuasida ijara narxining ko`tarilishidan norozi bo`lgan tadbirkorlar avtomobil yo`lini to`sib qo`ygani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ushbu ishni sodir etgan qilganlikda gumonlangan shaxslarning ishi  Jinoyat ishlari bo`yicha Nukus shahar sudida ko`rib chiqildi.  
Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati ushbu voqeadan keyin fuqarolarni miting va ko`cha yurishlari qonun bilan taqiqlangani haqida ogohlantirdi. 
Aytib o`tish kerakki, ushbu holat “Nukus dilisha” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga  qarashli uch qavatli savdo binosida ijara asosida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar tomonidan sodir etilgan.  
Manbalarga ko`ra, do`konlarning ijara puli so`nggi 3−4 oy ichida ko`tarilgan. Yaqinda esa ijarachilarga ijara puli yana 1 million so`mga ko`tarilishi ma`lum qilingan. Xususan, ikkinchi qavatda 2−3 million so`mga ijarada turuvchi tadbirkorlar kelasi oydan boshlab ijara uchun 3−4 million so`mdan to`lashlari kerak bo`lgan. Natijada ijarachi tadbirkorlardan taxminan 50 nafari noroziligini bildirish uchun bozor yonidagi yo`lni to`sgan. 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu vaziyatni jamoat tartibini buzish, deb atagandi. 
Sud qaroriga ko`ra, Nukus shahrida yashovchi T.Sh, M.T va J.S.larga nisbatan MJtKning 201-moddasiga muvofiq, yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibini buzgani uchun har biriga 15 sutka ma`muriy qamoqqa olish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar