Kecha G`uzor tumani hokimi Bekzod Suyunov tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ahvoli og`ir deb e`tirof etilgan “Do`ltali” mahallasida sayyor qabul o`tkazdi.
Qabulda tuman hokimining o`rinbosarlari, mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar etakchilari, mahalliy deputatlar, korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etgani haqida xabar berildi.
Unda tilga olingan asosiy masalalar kredit ajratish, ish bilan ta`minlash, yo`l ta`mirlash, elektr va gaz ta`minotini yaxshilash borasida bo`lgani ta`kidlanadi.
Biroq tadbir faqat shu bilangina yukunlanmagan. Yuz bergan noodatiy holat kamera ob`ektivlarga ham muhrlanib qolgan.
Gap shundaki, Tuman hokimi kiyib yurgan kurtka va "kepka"sini imkoniyati cheklangan fuqaroga hadya qiladi.
"Almashtiramiz endi. Buni men sizga beraman. Qani, keling",— deydi hokim Bekzod Suyunov sayyor qabul uchun kelgan fuqarodan ta`sirlanib.
"Kuyov bo`lib ketdingiz"— deya izoh bildiradi bunga guvoh bo`lgan atrofdagilar.
Tumani hokimi uni ko`zida quvonch bilan topshirarkan, g`uzorlik fuqaroga qarata "O`g`lingiz hokim bo`lsin", deya iliq fikrlar bildirdi.
Ma`lumot uchun, sayyor qabulda jami 37 nafar fuqarolar ishtirok etib, 21 nafari turli masalalarda murojaat qilishgan. Shundan 5 ta murojaat joyida hal etilgan va 7 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilgan. 9 ta murojaatni o`rganish uchun chora-tadbir belgilanib, mas`ullarga ko`rsatma va topshiriqlar berilgani aytiladi.