"O`zgidromet" markaz xabariga ko`ra, 6 fevralda kunduz kuni O`zbekiston hududiga Turkmanistondan juda iliq havo kirib kelishi davom etadi.Shimoliy hududlarga Volga bo`yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi.
Respublika bo`yicha yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Tuman tushishi mumkin. Ba`zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin, Navoiy, Toshkent, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 4-9° iliqgacha, shimolda 0-5° iliqgacha pasaydi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbiy shamol 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-7° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.






