SSV Matbuot xizmati bergan ma`lumotga ko`ra, 2022 yil 5 fevral kuni O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 228796 (+887) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 32 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 19 nafari Andijon viloyatida,
- 20 nafari Buxoro viloyatida,
- 18 nafari Jizzax viloyatida,
- 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 12 nafari Navoiy viloyatida,
- 17 nafari Namangan viloyatida,
- 49 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 45 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 61 nafari Farg`ona viloyatida,
- 41 nafari Xorazm viloyatida,
- 107 nafari Toshkent viloyatida,
- 438 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 212183 (+452) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
️Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1584 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 148 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






