AsosiyJamiyat

Qashqadaryodagi yagona hokim ayol ishdan ketdi

'Qashqadaryodagi yagona hokim ayol ishdan ketdi'ning rasmi

Internet saytlarda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani hokimi Maqsuda Mustafoeva lavozimidan ozod etilgani haqida xabarlar tarqaldi. U viloyatdagi yagona ayol hokim edi. Ushbu ma`lumotni "darakchi.uz"ga Qashqadaryo hokimligi matbuot xizmati rahbari Axror Sodiqov tasdiqladi. 

Matbuot kotibining ta`kidlashicha,  Maqsuda Mustafoeva o`z arizga ko`ra, viloyat hokimining tegishli qarori bilan ishdan ketgan.

U hokim bo`lguniga qadar viloyat mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig`ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

    Boshqa yangiliklar