AsosiyJamiyat

Samarqandda yuk mashinasi ag`darilib ketdi

'Samarqandda yuk mashinasi ag`darilib ketdi'ning rasmi

2022 yilning 6-fevral kuni soat 10:10 larda Kattaqo`rg`on tumani hududidan o`tuvchi M-37 avtomobil yo`lining 84-km.da, “Toshkent-Samarqand” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan yuk avtomashinasi ag`darilib ketgan. Halokat  haydovchi uxlab qolishi natijasida, rul boshqaruvini yo`qotib, beton to`siqqa urilib ketishi oqibatida yuzaga kelgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Hodisa natijasida avtotransport vositasi va ichidagi yuklariga shikast etgan. Haydovchiga tibbiyot birlashmasida tez tibbiy yordam ko`rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.

Haydovchilarga uzoq yo`lga chiqishdan oldin, dam olish lozimligi eslatilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar