AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?  

'O`zbekistonda yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?   'ning rasmi

O`zbekiston gidrometeorologiya xizmati 8-11 fevral kunlari mamlakatda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo haqida ma`lumot berdi.

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 9 fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 11 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

TOShKENT VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, 8 fevralda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, 9 fevralda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. 10-11 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 9 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, 8 fevralda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. 9-11 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 9 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 10 fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 11 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 10 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 11 fevralda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq  bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 fevralda ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 9 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 10-11 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

Shuningdek, respublikaning tog`li hududlarida ham havo o`zgarib turadi, 8-9 fevralda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. 10-11 fevralda yog`ingarchilik kutilmaydi. 8 fevralda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8-9 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq; 10 fevralda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 11 kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar