AsosiyJinoyat

Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritish bilan bog`liq bir necha holatlar aniqlandi

'Toshkentda kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritish bilan bog`liq bir necha holatlar aniqlandi'ning rasmi

Ayni damda Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqida ma`lumot bermoqda.

Qayd etilishicha, holatga DXXning Yakkasaroy tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida barxam berilgan.

 Departamentga ko`ra, “M.N.” MChJga qarashli dorixona sotuvchisi B.A. xaridorga 2 dona kuchli ta`sir qiluvchi “Regapen” nomli dori vositasini 50 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan tegishli hujjatlari bo`lmagan 947 dona “Regapen”, 131 dona “Zardeks” va 49 dona “Tropikomid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi vaziyat Mirzo Ulug`bek tumanida ham yuz bergan. 

O`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.T., xaridor A.ga 50 dona “Zardeks” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasini 900 ming so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

"Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar