Farg`ona viloyati turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikasiyalar masalalari kompleksi tizimiga kiruvchi tashkilotlarda korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ymaslik hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz kurashishga bag`ishlangan matbuot anjumani o`tkazildi.
Anjumanda Farg`ona viloyati hokimi o`rinbosari, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig`i Xurshid Ahmedov, Madaniy meros boshqarmasi boshlig`i M.G`ofurov hamda OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Turizm va sport bosh boshqarmasi tizim tashkilotlarida korrupsiya holatlariga yo`l qo`ymaslik, uni oldini olish va unga qarshi kurashish bo`yicha muntazam ravishda targ`ibot ishlari olib borilmoqda. Bosh boshqarma mutaxassislari tomonidan “Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha asosiy ichki idoraviy hujjatlar namunalari” ishlab chiqildi va joylarga qo`llanma sifatida etkazildi.
Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, manfaatlar to`qnashuvini boshqarish, korrupsiyaviy xabarlarni qabul qilish va ko`rib chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o`qishlarni tashkil qilish, kontragentlarni tekshirish, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish, korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish, korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to`g`risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish, korrupsiyaviy hatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o`tkazish kabi yo`riqnoma, reglament, nizom va uslubiy qo`llanmalar ishlab chiqildi.
2021-yilning avgust oyidan boshlab har oyda muntazam ravishda korrupsiya holatlariga yo`l qo`ymaslik va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. Ayniqsa, ta`lim muassasalarida musobaqa va tanlov o`tkazish jarayonida bunday holatlarga bo`lmasligiga alohida e`tibor qaratildi. O`tkazilayotgan musobaqalarda o`zaro kelishib olishga yo`l qo`ymaslik, hakamlarning adolatli bo`lishlari yoki seleksiya jarayonida sportchi va murabbiylar o`rtasida tanish-bilishchilikni bartaraf etish, haqiqiy iqtidorli nomzodlarni tanlab olishga urg`u berilmoqda.
Jumladan, Madaniy meros boshqarmasi tizimida obektlarni saqlash, restavrasiya qilish, qayta tiklash va ulardan foydalanish tizimli yo`lga qo`yilgan. Obektlarni ijaraga berish, ta`mirlash tizimi ham shaffoflik bilan yo`lga qo`yilgan. Agar ijara masalasi davlat ijara markazi bilan o`rnatilgan tartibda uch tomonlama amalga oshirilsa, ta`mirlash ishlari Respublika Madaniy meros agentligi tomonidan e`lon qilingan tender asosida amalga oshiriladi.
Viloyat bo`yicha korrupsiya holatlarining oldini olishga qaratilgan jami 57 ta targ`ibot tadbirlari o`tkazildi. Buning natijasida Turizm va sport bosh boshqarmasi tizimidagi tashkilotlarda o`tgan yilda bironta ham korrupsiya holatlarga yo`l qo`yilmadi.
Shuningdek, 2021-yilda Farg`ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, turizm yo`nalishi bo`yicha:
Viloyatda 2021-yil yakunlari bo`yicha turizm sohasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlili quyidagicha reytingga ega:
– joylashtirish vositalarini tashkil etish (mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari va xostelllar tashkil etish va turistlarga ijaraga xonadonlar berish) - 4 o`rin;
– turizm salohiyatini OAV (mahalliy va xorijiy) va blogerlari orqali targ`ibot qilish hamda reklama mahsulotlarini chop etish bo`yicha - 4 o`rin;
– sayohatni uyushtiruvchi va yangi turistik mahsulot ishlab chiquvchi turoperator va turagentlarni tashkil etish bo`yicha - 5 o`rin;
– turoperator va turagentlarning sayyohlarga xizmat ko`rsatish sifati bo`yicha – 3 o`rin;
– tashrif buyuruvchilar uchun ommaviy tadbirlar tashkil etish va ularni bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish – 3 o`rin.






