AsosiyJamiyat

Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon qayta ochilishi ma`lum qilindi

'Ikkilamchi bozor uchun kreditlar qachon qayta ochilishi ma`lum qilindi'ning rasmi

“O`zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ o`z faoliyatini davom ettirmoqda.

2022 yilning 1 choragida tijorat banklari tomonidan ajratilgan ipoteka kreditlari 42 mln. AQSh doll. miqdorida qayta moliyalashtiriladi. Kompaniya tomonidan xalqaro moliya tashkilotlaridan qo`shimcha mablag`lar jalb etilishi bo`yicha tegishli ishlar olib borilmoqda va 2022 yilning ikkinchi yarim yilligida o`zlashtirilishini boshlanishi kutilmoqda.

Ayni paytda joriy yilning birinchi yarim yilligida Moliya vazirligi resurlarini jalb etilishi nazarda tutilmoqda. Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan resurs talablari asosida ikkilamchi bozordan uy-joylar sotib olish uchun 2021 yilda 1,9 trln. so`m ipoteka kreditlari ajratildi, 2022 yil davomida 2,0 trln. so`m miqdorida kreditlar ajratilishi rejalashtirilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar