AsosiyJamiyat

Adli vazirligi qonunchilikka zid 2500 dan ortiq hokim qarorlarining 2 098 tasini bekor qildi

'Adli vazirligi qonunchilikka zid 2500 dan ortiq hokim qarorlarining 2 098 tasini bekor qildi'ning rasmi

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov an`naviy tarzda jamoatchilik oldida hisobot bermoqda.

Uning ta`kidlashicha, hokim qarorlariga avtomatik tarzda raqam berish va e-qaror.gov.uz saytida e`lon qilib borish (maxfiy va xizmat doirasidagilardan tashqari) tizimi joriy etilgan.

Adliya organlari tomonidan o`tkazilgan monitoring natijasida jami 2500 dan ortiq qonunchilik hujjatlariga zid bo`lgan hokim qarorlari qabul qilinganligi aniqlandi.  

Misol uchun e-qaror.gov.uz  saytida nikohni ikki yoshgacha qisqartirish haqidagi qarorlar kiritilgan. Aslida hokimlar istisno holatlarda faqat bir yoshgacha qisqartirishga ruxsat berishi mumkin.

Kiritilgan ta`sir choralariga asosan hokimlarning 2 098 ta qarorlari bekor qilindi.

    Boshqa yangiliklar