Bu haqda AOKAda bo`lib o`tgan brifingda Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo`latov ma`lum qildi.
Byuro organlari tomonidan o`tgan yil davomida jami 23,8 trln so`mlik undiruvlar amalga oshirilgan. Shundan 10,5 trln. so`m davlat foydasiga, 7,8 trln so`m tadbirkorlik sub`ektlariga, 4 trln so`m banklar hisobiga va 1,5 mlrd so`m fuqarolar manfaatlari uchun undirilgan.
Shuningdek, aliment to`lash uchun istagi bo`lib, ish masalasida echim topolmagan 45 ming 800 nafar ishsiz aliment to`lovchining ish bandligi hal qilindi.






