Ko`pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari, shuningdek, oliy va professional ta`lim muassasalarining murojaatlarini inobatga olgan holda Respublika ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022 o`quv yilida oliy va professional ta`lim muassasalari talaba va o`quvchilar o`qishi uchun kontrakt miqdorini to`lashning so`nggi muddati 2022 yilning 1 marti etib belgilandi. Bu haqda Oliy ta`lim vazirligi xabar berdi.
️ Ushbu muddat quyidagilar:
- to`lov-kontrakt asosida oliy ta`lim muassasalariga talabalikka (magistratura, bakalavr) tavsiya etilganlar;
- to`lov-kontrakt asosida professional ta`lim muassasalari (texnikum, kollej)ga o`quvchilikka tavsiya etilganlar;
- tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
- o`qishi ko`chirilgan (ko`chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.






