AsosiyJamiyat

GM Spark ishlab chiqarishni to`xtatadi

'GM Spark ishlab chiqarishni to`xtatadi'ning rasmi

Amerikaning General Motors kompaniyasi Spark rusumli avtomobillarni ishlab chiqarishni to`xtatadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, General Motors o`tgan yilda ushbu modelning sotuvi keskin pasayib ketganini va shu sababli ishlab chiqarishni to`xtatishga qaror qilgan. 

Ma`lum bo`lishicha, Spark rusumli avtomobil joriy yildan boshlab ishlab chiqarilmaydi. 

Xabarda ta`kidlanishicha, General Motors Spark o`rniga Trax rusumli avtomobil ishlab chiqaradi. Biroq O`zbekistonda Spark ishlab chiqarishning to`xtalishi noma`lum, chunki mamlakatda ushbu model eng ommabop va byudjetli hisoblanadi. Katta ehtimol bilan “UzAuto Motors” AJ General Motors'dan bir necha yil o`tib Spark ishlab chiqarishdan voz kechadi.

    Boshqa yangiliklar