AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida fuqaro 16 metrli quduqqa tushib ketdi

'Toshkent viloyatida fuqaro 16 metrli quduqqa tushib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Angren shahrida fuqaro quduqqa tushib ketgan. Bu haqda FVV ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, soat 11:48 da Toshkent viloyati Angren shahar 3-yong`in-qutqaruv qismi dispetcherlik xizmatiga tashvishli xabar kelib tushgan.

 Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzil – Angren shahar Bunyodkor ko`chasiga etib bordilar.

Aniqlanishicha, fuqaro V.B. ichimlik suvini chiqarish uchun mo`ljallangan chuqurligi 16 metr bo`lgan quduq ichiga tushib ketgan kuchuk bolasini olib chiqmoqchi bo`lgan. Ammo u osilib tushayotgan arqon kutilmaganda uzilib ketishi natijasida quduqqa tushib ketgan.    

Qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari natijasida fuqaro va kuchuk bolasi quduq ichidan olib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar