Oliy ta`lim muassasasalarida tahsil oladigan talabalar turar joylarida 24 soatlik navbatchilik tashkil etildi. Bu haqda Oliy ta`lim vazirligi xabar berdi.
7 fevraldan boshlab 24 fevralga qadar mamlakatimiz oliy ta`lim muassasalarida o`quv jarayonlari ishlab chiqilgan reja-grafik asosida ham an`anaviy, ham masofaviy shaklda olib borilishi ma`lum qilingan edi. Bunda dars mashg`ulotlari 24 fevraldan to`liq an`anaviy (oflayn) tarzga o`tkaziladi.
Ayni kunlarda talabalar oliy ta`lim muassasalari yotoqxona hamda ijara xonadonlariga qaytmoqdalar.
"Barcha oliygohlarda talabalarning etib kelishi bo`yicha grafiklar tuzilgan bo`lib, ishlar prorektorlar, dekanlar, bo`lim boshliqlari va tyutorlar jamoasidan iborat guruhlar tomonidan to`liq nazoratga olingan.
Yotoqxonalarga qaytgan talabalar uchun dasturxon tuzalib, osh va boshqa tansiq taomlar tortildi. Dasturxon atrofida samimiy suhbat qurilib, ularga ko`tarinki kayfiyat ulashildi", - deyiladi xabarda.






