AsosiyJamiyat

Koronavirus bilan to`liq emlanganlar soni ma`lum qilindi

'Koronavirus bilan to`liq emlanganlar soni ma`lum qilindi'ning rasmi

Koronavirusga qarshi emlash boshlanganidan to shu yilning fevral oyiga qadar O`zbekiston aholisining tegishli qatlamini emlash uchun 42 183 286 doza vaksina qo`llanildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi

Shu vaqt davomida to`liq vaksina kursini olganlar 18 yoshdan oshgan emlanuvchilarga nisbatan 68,8 foizni tashkil qilib, 14,7 million nafardan oshdi.

To`liq emlanlganlarning:

- 891 642 nafari 65 yoshdan oshganlar,

- 432 198 nafari tibbiyot xodimlari,

- 436 971 nafari maktab o`qituvchilari,

- 168 464 nafari maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari,

- 853 934 nafari surunkali kasalligi bor fuqarolardir. 

To`liq emlanganlarning qolgan qismi boshqa aholi vakillari hissasiga to`g`ri keladi.

    Boshqa yangiliklar