Bugun, 8 fevral kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.
"O`zgidromet" xabariga ko`ra, shimolda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) kuzatiladi.
Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8° iliq bo`ladi.
Poytaxtda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`ishi aytiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.






