Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, “Toshkentshahargaz” ta`minoti sobiq xodimi B.N. firibgarlik yo`li bilan daromad orttirish maqsadida, tashkilotning xizmat guvohnomasiga soxta ma`lumot kiritib, fuqaro A.ga oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo`lga qo`yishda tabiiy gaz tarmog`iga ulanish uchun loyiha hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga 16,5 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






