Yanvar oyida Samarqand viloyatida eng ko`p tug`ilish qayd etildi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning yanvar oyida respublika bo`yicha 69 198 ta tirik tug`ilish holatlari qayd etilgan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6918 taga ko`p.
Hududlar kesimida tug`ilishlar soni:
— Qoraqalpog`iston R. – 3408 ta
— Andijon viloyati – 6249 ta
— Buxoro viloyati – 3493 ta
— Jizzax viloyati – 3198 ta
— Qashqadaryo viloyati – 7417 ta
— Navoiy viloyati – 1934 ta
— Namangan viloyati – 6046 ta
— Samarqand viloyati – 8516 ta
— Surxondaryo viloyati – 6060 ta
— Sirdaryo viloyati – 1915 ta
— Toshkent viloyati – 4184 ta
— Farg`ona viloyati – 7528 ta
— Xorazm viloyati – 3386 ta
— Toshkent shahri – 5864 tani tashkil etdi.






