AsosiyJamiyat

Boyovutning ayol hokimi birinchilardan bo`lib endi kengash rahbari deputat bo`lishini e`lon qildi

'Boyovutning ayol hokimi birinchilardan bo`lib endi kengash rahbari deputat bo`lishini e`lon qildi'ning rasmi

Endilikda Boyovutda hokim kengash rahbari bo`lmaydi. Bu haqda tuman hokimi Dilfuza Uralova xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining navbatdagi sessiyasida ma`lum qildi.

“Bir yangilikni aytmoqchiman. Bundan buyon kengash rahbari hokim bo`lmaydi. Tajriba tariqasida Boyovut tumanida mahalliy kengash raisi deputatlar orasida saylanadi.  

Bir umrlik orzuyim shu, endi birinchi sektor rahbari sifatida kengash majlisida sektorlar qatorida pastda o`tirib, neytral hisobot topshiraman, ya`ni o`zim kengash raisi vazifasini amalga oshirmayman”, – degan u.

    Boshqa yangiliklar