AsosiyJamiyat

Xalqaro press-klubga yangi rais tayinlandi

'Xalqaro press-klubga yangi rais tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 8 fevral kuni Xalqaro press-klubning Jamoatchilik Kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Usmonov Jaloliddin Qudratovich Xalqaro press-klubning yangi raisi etib saylandi. Bu haqda Xalqaro press-klubning rasmiy kanalida e`lon qilindi. 

Jaloliddin Usmonov 1983 yil 24 sentyabrda tug`ilgan. Shu paytga qadar bir qator lavozimlarda ishlagan. Bir necha yillar davomida Xalqaro press-klubda bo`lim boshlig`i, ijrochi direktor sifatida mehnat qilgan. So`nggi ikki yil mobaynida esa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining matbuot kotibi – axborot masalalari bo`yicha maslahatchisi, O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining matbuot kotibi – axborot masalalari bo`yicha maslahatchisi lavozimlarida ishlab kelgan.

 

    Boshqa yangiliklar