AsosiyJamiyat

O`zbekistonda suv ta`minotiga 2 trln so`m byudjetdan ajratiladi 245 mln dollar jalb etiladi — Prezident

'O`zbekistonda suv ta`minotiga 2 trln so`m byudjetdan ajratiladi 245 mln dollar jalb etiladi — Prezident'ning rasmi

Prezident kelgusi besh yilda bu sohaga 40 trln so`m investisiya jalb qilib, ichimlik suvi ta`minotini 90 foiz, oqova suv tizimi qamrovini 35 foizga etkazish rejalashtirilganini ma`lum qildi.

Joriy yilda ushbu maqsadlar uchun 2 trln so`m byudjetdan ajratiladi, 245 mln dollar jalb etiladi.

"Asosiy e`tiborni suv ta`minoti va sifati past hududlarni rivojlantirishga qaratamiz", dedi Prezident.

Bu borada qo`llanishi kerak bo`lgan 3 ta tajriba ko`rsatib o`tildi:

- Namangan viloyatining 85 ta mahallasi uchun mahalliy byudjet hisobidan 260 km tarmoq tortib, 8 ta quduq qazib, 8 ta suv minorasi qurilgan. Natijada 25 ming aholi markazlashgan ichimlik suvi bilan ta`minlangan.

- Baliqchi, Pop, Uchqo`rg`on, Qo`shtepa va Quvaning 6 ta mahallasida vazirlikning ijtimoiy buyurtmasi asosida 7 ta suv inshooti va 117 km tarmoq qurilib, 20 mingdan ortiq aholi ichimlik suvi bilan ta`minlanmoqda.

- yuqoridagi imkoniyatlar bo`lmagan mahallalarda tashib kelinadigan suv hisobiga 25-50 tonnalik markaziy suv hovuzi qurib, xonadonlarga tarmoq o`tkazsa bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar