Davlatimiz rahbari qayd etilgan tajribalardan kelib chiqib, 1 mayga qadar suv ta`minoti bo`lmagan mahallalarni to`liq xatlovdan o`tkazib, ularni toifalarga ajratishga topshiriq berdi.
Bunda qaysi mahallada quduq qazish, qaysi biriga markazlashgan tarmoq tortish yoki markaziy hovuz barpo etish lozim, degan savollarga aniq javob bo`lishi zarur.
Bu ishlarga xususiy sektorni jalb qilish uchun quyidagi engilliklar beriladi:
- suv etkazib berish uskunalari, maxsus transport xarid qilishga va ob`ektlar qurish uchun kredit foizining 14 foizidan yuqori qismiga subsidiya beriladi;
- import qilinadigan uskunalar va texnikalarga bojxona bojlari bekor qilinadi;
- xususiy sektor ishtirokidagi suv ta`minoti korxonalariga foyda, er, mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;
- ijtimoiy buyurtmalar uchun byudjetdan har yili kamida 50 milliard so`m grant ajratiladi;
- ushbu mahallalarda xususiy suv ta`minoti xizmatlari uchun to`lovlar miqdori mahalliy Kengashlar bilan kelishilgan holda belgilanadi.






