AsosiyJamiyat

Internetda tarqalgan Samarqanddagi voqeaga aniqlik kiritildi

'Internetda tarqalgan Samarqanddagi voqeaga aniqlik kiritildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda "Vaz-21013" rusumli avtomobil haydovchisi qoidani buzgan holda transport vositasiga ruxsat etilmagan mayoqcha o`rnatganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borildi.

 Ushbu "Vaz-21013" rusumli avtomobilni boshqargan (hadovchilik guvohnomasiga ega emas), 2003 yilda tug`ilgan Sh.U.ga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yildi va fuqaro Sh.U. bilan profilaktik suhbat o`tkazildi (boshqarish huquqi bo`lmagan shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirgan shaxsga ham tegishli chora ko`riladi).

    Boshqa yangiliklar